18 Noyabr 2022 yil 36

1200 dona  “Treniya” poqildoq aniqlab olindi

Perotexnika vositalarini noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishning oldini olish maqsadida mamlakatmizda “Pirotexnika” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida ham “Pirotexnika” tadbiri doirasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2022 yil 16 noyabr kuni viloyat IIB JXX JTSB PPX bataloni xodimlari tomonidan Qarshi shahar “Chulquvar” MFY hududida olib borilgan profilaktik tadbirlar jarayonida bir fuqaro harakatlari shubha uyg‘otganligi uchun to‘xtatib qo‘lidagi  yuklari ko‘zdan kechirildi.

Yo‘lovchi Kasbi tumani “Fazli” MFYda yashovchi A.T.ning qo‘lidagi yelim paketda  Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan “Treniya” nomli 20 qutida 1200 dona  pirotexnika vositalari bor ekan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, chora ko‘rish uchun sudga yuborildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech